Bosh sahifa › Qo‘llanma › Shaxmat qoidalari

Shaxmat qoidalari — boshlovchilar uchun

Shaxmatda ikki o‘yinchi navbat bilan yuradi. Maqsad — raqib shohini mot qilish. Birinchi bo‘lib oqlar yuradi.

Taxta va boshlang‘ich holat

Taxta 8×8, jami 64 ta katak. Har bir o‘yinchining o‘ng qo‘lidagi burchak katagi oq bo‘lishi kerak.

Har tomonda 16 ta dona bor: 1 shoh, 1 farzin, 2 ruh, 2 fil, 2 ot va 8 piyoda.

Boshlang‘ich holat. Farzin o‘z rangidagi katakda turadi.

Donalar qanday yuradi?

Shax, mot va pat

Shohga hujum qilinsa — bu shax. Undan qutulish shart. Qutulishning iloji bo‘lmasa — mot, o‘yin tugaydi.

Shax berilmagan, lekin yuradigan tomonda birorta ham qonuniy yurish qolmagan bo‘lsa — pat, bu durang. Shax va mot haqida batafsil.

Rokirovka

Shoh ruh tomonga ikki katak yuradi, ruh esa shoh ustidan o‘tib, uning yoniga turadi. Bu bitta yurish hisoblanadi.

Piyodaning maxsus qoidalari

Yo‘l-yo‘lakay urish: raqib piyodasi ikki katak yurib, sizning piyodangiz yoniga kelsa, uni xuddi bir katak yurgandek urish mumkin. Faqat darhol keyingi yurishda.

Aylanish: piyoda oxirgi qatorga yetsa, farzin, ruh, fil yoki otga aylanadi. Ko‘pincha farzin tanlanadi.

Durang qachon bo‘ladi?

Boshqa mavzular