Bosh sahifa › Qo‘llanma › Piyoda

Piyoda qanday yuradi va yeydi?

Piyoda faqat oldinga yuradi, ammo oldinga qarab qiyshiq (diagonal) yeydi.

Yurish qoidasi

Odatda bir katak yuradi. Boshlang‘ich qatoridan birinchi yurishida ikki katak yurishi ham mumkin. Oldida dona tursa, o‘ta olmaydi.

Oxirgi qatorga yetgan piyoda farzin, ruh, fil yoki otga aylanadi. Yana bir maxsus qoida — yo‘l-yo‘lakay urish — shaxmat qoidalarida tushuntirilgan.

e2 dagi piyoda: nuqtalar — yurishi va yeyishi mumkin bo‘lgan kataklar.

Foydali maslahatlar

Bolaga qanday tushuntirish kerak?

“Piyoda jasur: faqat oldinga! Yeyishda esa qiyshiq”, deb ayting. “Piyodalar jangi” mini o‘yini buni tez o‘rgatadi.

Boshqa mavzular