Shax, mot va pat
Shaxmatda g‘alaba — raqib shohini mot qilish.
Shaxdan qanday qutuliladi?
Shax — shohga hujum. Uch xil yo‘l bor:
- Shohni xavfsiz katakka ko‘chirish.
- Hujum qilayotgan donani yeyish.
- Orasiga o‘z donangizni qo‘yib to‘sish (ot shaxini to‘sib bo‘lmaydi).
♜︎♚︎♚︎
Mot nima?
Shohga shax berilgan va qutulishning birorta yo‘li bo‘lmasa — mot.
♚︎♟︎♟︎♟︎♜︎♚︎
Pat nima?
Shax yo‘q, lekin yuradigan tomonning birorta ham qonuniy yurishi yo‘q bo‘lsa — pat. Natija durang. Kuchli tomon bunga ehtiyot bo‘lishi kerak.
♚︎♛︎♚︎