Ruh qanday yuradi?
Ruh (ko‘pchilik “ladya” deydi) to‘g‘ri yuradi: oldinga, orqaga, o‘ngga va chapga, istalgancha katak.
Yurish qoidasi
Ruh boshqa donalar ustidan sakramaydi. Yo‘lida o‘z donasi tursa, to‘xtaydi; raqib donasi tursa, uni yeb, o‘sha katakka turadi.
Bo‘sh taxtada ruh qayerda turmasin, 14 ta katakka bora oladi.
♜︎
Foydali maslahatlar
- Ruhning taxminiy qiymati — 5 piyoda.
- Ochiq (piyodasiz) vertikalda ruh ayniqsa kuchli.
- Ruh rokirovkada qatnashadi.
Bolaga qanday tushuntirish kerak?
“Ruh — poyezd: faqat to‘g‘ri izdan yuradi”, deb ayting. Taxtaga ikki-uchta tugma qo‘yib, ruh bilan ularni yig‘ishni taklif qiling.